Asaka transport va mashinasozlik texnikumida "Temuriylar tarixi" mavzusida to‘garak tashkil etildi. Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, yoshlar qalbida milliy g‘urur va tarixiy xotirani mustahkamlash maqsadida ushbu to‘garak faoliyatini boshladi. To‘garak doirasida: Amir Temur va Temuriylar sulolasining siyosiy-ma’naviy merosi Temuriylar davridagi fan, san’at va madaniyat O‘zbekiston tarixidagi tutgan o‘rni yoritib borilmoqda. Ishtirokchilar tarixiy hujjatlar, manbalar va interaktiv uslublar orqali bilimlarini boyitmoqda. Maqsad: yosh avlodni o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
Andijon Davlat chet tillari instituti hamda Suv sport saroyida yoshlarga kasb-hunar taʼlimining imkoniyatlari va texnikumlarga qabul jarayonlari yuzasidan keng koʻlamli targʻibot tadbirlari tashkil etildi. Tashrif davomida ishtirokchilarga mavjud taʼlim yoʻnalishlari, qabul shartlari, o‘quv jarayonlari va amaliyot imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Talabgorlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislar tomonidan tushunarli va asosli javoblar taqdim etildi. Mazkur tadbirlar yoshlarda kasb-hunarga boʻlgan qiziqishni oshirish, ularni ongli ravishda tanlov qilishga undashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Dunyo darajasidagi kasb, xalqaro diplom, Buyuk Britaniyada amaliyot – endi O‘zbekiston yoshlari uchun ham real imkoniyatga aylandi! Andijon viloyatidagi Asaka transport va mashinasozlik texnikumida Pearson xalqaro taʼlim tizimi asosida 100% grant bilan BEPUL o‘qish imkoni yaratildi. Bu nafaqat bilim, balki kelajak sari ochilgan yangi darvozadir! Nima uchun aynan bu imkoniyat muhim? Taʼlim ingliz tilida – bu global kommunikatsiya va xalqaro hamkorlik sari dastlabki qadam. Amaliyot Buyuk Britaniyada – bu esa dunyo darajasidagi ish tajribasi. Diplom 70+ davlatda tan olinadi – u bilan siz nafaqat O‘zbekistonda, balki Yevropa, Osiyo va Amerikada ham o‘qish va ishlashingiz mumkin. Yo‘nalishlar (mutaxassisliklar): 9-sinf bitiruvchilari uchun: • Metallarga ishlov berish • Elektromontyorlik, 11-sinf bitiruvchilari uchun: • Dasturiy injeneriya • Mashinasozlik texnologiyasi. Bugunoq ariza topshiring! Hujjatlar my.edu.uz sayti orqali onlayn tarzda topshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 15-maydagi video selektor yig‘ilishida ilgari surilgan “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida mamlakatimiz bo‘ylab ma’naviy-ma’rifiy, sport va ijtimoiy faol tadbirlar keng miqyosda tashkil etilmoqda. Shu doirada, pedagog xodimlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu musobaqa nafaqat aql va tafakkur bellashuvi, balki jamoaviy ruh va do‘stona muhitni mustahkamlovchi ajoyib maydon bo‘ldi. Musobaqaning asosiy maqsadi — o‘qituvchilarning intellektual salohiyatini namoyon etish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom raqobat va sport ruhini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Turnir davomida ishtirokchilar o‘zining strategik fikrlashi, sabr-toqati va mantiqiy tahlil qilish qobiliyatini sinovdan o‘tkazdi.
Asaka transport va mashinasozlik texnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida koreys tili tayyorlov kurslar yo‘lga qo‘yilgan! Kursning asosiy maqsadi — talabalar va yoshlarimizni: Koreys tili asoslari bilan tanishtirish, kundalik muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, xalqaro tillarni o‘rganishga rag‘batlantirishdir. Darslar yuqori malakali o‘qituvchilar tomonidan olib borilmoqda va zamonaviy metodikalarga asoslangan. O‘quvchilar dars davomida: Koreys tili alifbosi, oddiy jumlalar tuzish, nutq va eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirishmoqda. Kurslar davom etmoqda! Siz ham vaqtni boy bermang — o‘rganing va rivojlaning!
Asaka transport va mashinasozlik texnikumida Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Koreys tili” qisqa muddatli kurslari qizg‘in davom etmoqda. Darslar tajribali koreyalik mutaxassislar — professor Baik Sangguk hamda Yu Jeounghui tomonidan olib borilmoqda. Tinglovchilar o‘zlashtirishni boshlangʻich darajadan boshlagan bo‘lishsa-da, hozirda asosiy so‘zlashuv, o‘qish va yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lib bormoqda. Ular 3-oydan boshlab oddiy savol-javob va kundalik iboralarni koreys tilida erkin qo‘llashni o‘zlashtira boshladilar. Ushbu kurs nafaqat til o‘rganish, balki Koreya madaniyati, ish tartibi va ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini ham yaratmoqda.
Asaka transport va mashinasozlik texnikumida tashkil etilgan "Kompyuter savodxonligi va Web dasturlash" qisqa muddatli kursida o'qish davom etmoqda, xozirda kursda 60 nafar o'quvchi bo'lip 3 smena darslar bo'lyapti, o'quvchilar 3-oylikda Web dasturlash bilan ishlashni boshlashdi.
Asaka transport va mashinasozlik texnikumida tashkil etilgan "Ingliz tili — kundalik hayot va kasbga yo‘naltirilgan" qisqa muddatli kursida o‘qish faol davom etmoqda. Hozirda kursda tahsil olayotgan o‘quvchilar grammatika, speaking, writing hamda listening ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirmoqda. O‘quvchilarning katta qismi allaqachon suhbatlashuv darajasiga chiqib, kursning 4-oyidan boshlab real mavzularda erkin ifoda qilishni o‘rganmoqda.
Safar davomida N.Sobirova "Elektromobillarga texnik xizmat ko'rsatish" yo'nalishini rivojlantirish doirasida Guanjou shahrida joylashgan "Guangdong fan va texnologiya politexnikasi" muassasasi bilan muzokaralar olib borib, politexnika kollejining mudir o'rinbosari janob Li Bin bilan xamkorlik masalalarini ko'rib chiqdilar. Tomonlar o'rtasida ikki shartnoma imzolanib, o'quvchilarga xorijiy ilg'or tajribalarni o'rganish imkoniyatlari taqdim etilmoqda.
Forumda ishtirokchilar kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik, xususan qayta tiklanuvchi energetika, sun’iy intellekt, transport, axborot xavfsizligi, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish, Xitoy ta’lim dasturlarini O‘zbekiston texnikumlarida joriy etish hamda o‘qituvchilarning Xitoy kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini muhokama qildilar. Tadbirning ochilishida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston–Xitoy munosabatlarining barcha sohalarda jadallik bilan rivojlanayotgani, ayniqsa Xitoy investorlari ishtirokidagi loyihalar doirasida mamlakatimiz mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash zarurati ortib borayotganini alohida ta’kidladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Xitoy Taʼlim vazirligi hamda Chunsin shahri rahbariyati hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov boshchiligida O‘zbekistonning 23 nafar texnikum direktorlari, Samarqand va Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, Xitoyning 100 dan ortiq kollej direktorlari va yirik ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
13-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Chunsin shahrida birinchi “O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim forumi” boshlandi.
Asaka transport va mashinasozlik texnikumi bitiruvchi kurs talabalari uchun “UzAuto Motors” AJ'da o‘tkazilgan kasbiy ko‘rgazmali imtihonlarning muvaffaqiyatli o‘tganini eshitish juda quvonarli. Bu, albatta, talabalar uchun amaliy tajriba orttirish va kelajakdagi ish faoliyatida katta yordam beradi. Yakuniy davlat attestatsiyasi doirasida bunday amaliy ko‘rgazmali imtihonlar o‘quv jarayonining sifatini oshirish, malakani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Asaka Transport va Mashinasozlik Texnikumi jamoasi Angliyadagi hamkorlarimiz bilan “Pearson” dasturi yuzasidan samarali muzokaralar o‘tkazdi. Ushbu dastur ta’lim va amaliyot sohalarida yangi imkoniyatlar yaratib, talabalarimizning kasbiy malakasini yanada oshirishga xizmat qiladi. Hamkorlik aloqalarimiz mustahkamlanib, kelajakda qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Asaka Transport va Mashinasozlik Texnikumida o‘quvchi yoshlar Koreys tili bo‘yicha egallagan bilimlarini tekshirish maqsadida test topshirish jarayonlari muvaffaqiyatli davom etmoqda! Bu testlar yordamida o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, yanada mustahkam poydevor yaratmoqda. Koreys tilida gapirish va yozishni o‘rganish sari bir qadam yaqinlashamiz!
"Kompyuter savodxonligi" qisqa kurslarida HTML va CSS dasturlash tillari mavzulari boshlandi! Endi siz ham zamonaviy web-saytlar yaratishni o‘rganishingiz mumkin! Tez, oson va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘zingizni IT sohasida sinab ko‘ring.
Texnologiyalar asrida raqamli savodxonlik har bir yosh uchun zarur! Shu bois Asaka transport va mashinasozlik texnikumida o‘quvchilar uchun "Kompyuter savodxonligi" kurslari muvaffaqiyatli davom etmoqda. Kurslarning asosiy maqsadi: Kompyuter va dasturiy ta’minot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ofis dasturlaridan (Word, Excel, PowerPoint) foydalanishni o‘rgatish, internet xavfsizligi va raqamli madaniyat bo‘yicha tushunchalarni berish, o‘quvchilarning zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash salohiyatini oshirishga qaratilgan. Darslar malakali o‘qituvchilar tomonidan interaktiv metodlar asosida o‘tkazilmoqda. O‘quvchilar amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab bormoqda. Kurs yakunida qatnashchilarga sertifikatlar topshirilishi va ularning bilim darajasi bo‘yicha baholash o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
YADA tarkibiga soha mutaxassislari, ish beruvchilar vakillari hamda texnikum pedagoglari kiritilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning har tomonlama tayyorgarligini baholab bordilar. Ushbu yakuniy attestatsiya nafaqat bitiruvchilarning bilimini sinovdan o‘tkazish, balki ularning kasbiy tayyorgarligi va kelajakdagi faoliyati uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Asaka transport va mashinasozlik texnikumida bitiruvchi kurs o‘quvchilari uchun muhim bosqich — Yakuniy davlat attestasiyasi (YADA) imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Bitiruvchilar o‘z sohalari bo‘yicha egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Imtihon jarayonlari shaffoflik, adolatlilik va yuqori tashkiliy darajada o‘tkazildi.
Test jarayoni ochiqlik, shaffoflik va yuqori tashkiliy darajada o‘tkazildi. Texnikum o‘qituvchilari, "UzAuto Motors" AJ vakillari hamda ish beruvchilar ishtirok etdilar. Bitiruvchilar nafaqat bilimlarini sinab ko‘rish, balki o‘z salohiyatlarini ish beruvchilarga namoyon etish imkoniga ega bo‘lishdi. Yakuniy davlat imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan yoshlar kelgusida "UzAuto Motors" korxonalarida amaliyot o‘tash, xatto ish faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi samarali hamkorlikning amaliy natijasidir.
Asaka transport va mashinasozlik texnikumining bitiruvchi kurs o‘quvchilari uchun Yakuniy davlat imtihonining test sinovlari tashkil etildi. Ushbu imtihon – o‘quvchilarning yillar davomida olgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga tayyorlashda muhim bosqich hisoblanadi.
Asaka transport va mashinasozlik texnikumi psixologi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish hamda ularning qiziqishlarini aniqlash maqsadida samimiy suhbat tashkil etildi. Uchrashuvda yoshlar bilan ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilib, ularning istaklari, maqsadlari va qiziqishlari diqqat bilan tinglandi. Bu esa, yoshlarning shaxsiy rivojlanishi va kelajakda o‘zlariga mos yo‘nalishlarni tanlashlari uchun muhim qadam hisoblanadi. Texnikumimizda bunday uchrashuvlar yoshlarning qobiliyatlarini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.
Uchrashuv davomida: Til kurslari (ingliz va koreys tili) kompyuter savodxonligi, sport mashg‘ulotlari, robototexnika to‘garaklari kabi yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu imkoniyatlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va kelajak kasbini tanlashiga xizmat qiladi. Ota-onalar bilan ham fikr almashilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Texnikum rahbari yoshlarni faol hayotga jalb qilishda hamkorlikda ishlash muhimligini ta’kidladi.
Asaka tumani "Asaka transport va mashinasozlik texnikumi" rahbari N.N. Sobirova boshchiligida Ergashobod MFYda uyushmagan yoshlar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Bitiruvchilar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy topshiriqlar asosida namoyish etdilar. Har bir o‘quvchiga kasbiy faoliyat real sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular amaliy masalalarni mustaqil xal etish, texnologik jarayonlarni bajarish, asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha o‘z malakalarini ko‘rsatdilar.
O‘zbеkistan Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-dekabrdagi “Oliy va kasbiy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attеstasiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 836-son qarori asosida 2025-yil 25-iyun kuni "Asaka transport va mashinasozlik texnikumi" “Avtomobil tuzilishi va ularga texnik xizmat ko’rsatish” 34-23 guruhi va “Tashishlarni tashkil etish” 36-23 guruhi bitiruvchi kurs talabalari kasbiy-amaliyot imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirishdi.
Asaka transport va mashinasozlik texnikumi Xalqaro ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi uchun 5 shtatlar bo'yicha ochiq tanlov asosida ishga qabul qiladi. Texnikum davlat ta'lim muassasa hisoblanib, shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqini to'laydi. Texnikumga tashrif buyurib, tanlovda ishtirok eting!
2025-yilning may oyida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etilgan “5000 qadam” nomli ommaviy yurish tadbirida Asaka transport va mashinasozlik texnikumi o‘qituvchilari va o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab sog‘lom yurish mashg‘ulotlarini amalga oshirib, sport va salomatlikning hayotdagi o‘rni haqida targ‘ibot-tashviqot ishlarida qatnashdilar. Mazkur tashabbus yoshlarda jismoniy faollikni muntazam saqlash, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga xizmat qildi. Texnikum jamoasining bunday ijtimoiy-sog‘lomlashtiruvchi tadbirlardagi ishtiroki yoshlar salomatligiga e’tiborning yuksak darajada ekanligini ko‘rsatadi.
2025-yil 9-may kuni — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Asaka tumanida o‘tkazilgan umumxalq tadbirida Asaka transport va mashinasozlik texnikumi jamoasi faol ishtirok etdi. Tadbir davomida texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilari Ikkinchi jahon urushi faxriylariga hurmat bajo keltirib, ularning mardonatli xizmatlari yodga olindi. Tadbir doirasida texnikum tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, vatanparvarlik ruhidagi sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, yoshlarda tarixiy xotira, milliy g‘urur va faxr tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, urush va mehnat faxriylariga estalik sovg‘alari topshirildi. Texnikum jamoasining bunday tadbirlarda faol ishtiroki yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, ajdodlar xotirasini e’zozlashga xizmat qiladi.
2024–2025-o‘quv yili doirasida Asaka transport va mashinasozlik texnikumining maxsus fan o‘qituvchilari Belorusiya davlatida tashkil etilgan “Mexatronika va robotexnika” yo‘nalishidagi malaka oshirish kurslarida ishtirok etdilar. Mazkur malaka oshirish kurslari zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilib, unda ishtirokchilar ilg‘or tajribalar, raqamli ta'lim vositalari, sanoat robototexnikasi va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi. O‘qituvchilarning ushbu xalqaro tajriba almashinuvida ishtirok etishi texnikumda ta’lim sifatini oshirish, fanlarni innovatsion yondashuvlar asosida o‘qitish hamda zamonaviy ishlab chiqarish talablari bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
2024–2025-o‘quv yili doirasida Asaka transport va mashinasozlik texnikumining maxsus fan o‘qituvchilari Belorusiya davlatida tashkil etilgan “Mexatronika va robotexnika” yo‘nalishidagi malaka oshirish kurslarida ishtirok etdilar. Mazkur malaka oshirish kurslari zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilib, unda ishtirokchilar ilg‘or tajribalar, raqamli ta'lim vositalari, sanoat robototexnikasi va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi. O‘qituvchilarning ushbu xalqaro tajriba almashinuvida ishtirok etishi texnikumda ta’lim sifatini oshirish, fanlarni innovatsion yondashuvlar asosida o‘qitish hamda zamonaviy ishlab chiqarish talablari bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
Uchrashuvda bitiruvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, xorijda o‘qish, malaka oshirish va kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlar haqida amaliy maslahatlar oldilar. Tadbir iliq va samimiy ruhda o‘tdi, hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi qimmatli muloqot maydoniga aylandi. Mazkur uchrashuv yoshlarimizni global fikrlashga, xorijiy tajribalardan saboq olishga va o‘z oldilariga katta maqsadlar qo‘yishga undaydi.
Asaka transport va mashinasozlik texnikumida Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlaridan tashrif buyurgan professor Baik Sangguk ishtirokida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida professor Baik Sangguk Janubiy Koreyadagi ta’lim tizimi, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Asaka transport va mashinasozlik texnikumida Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlaridan tashrif buyurgan professor Baik Sangguk ishtirokida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida professor Baik Sangguk Janubiy Koreyadagi ta’lim tizimi, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Janubiy Koreyalik Professor BAIK SANGGUK va direktor SOBIROVA NARGIZA NE'MATOVNA bilan memoradum shartnomasini almashinish jarayoni
Asaka transport va mashinasozlik texnikumida Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlari bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi. Uchrashuv doirasida Koreyadan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar texnikum faoliyati bilan tanishdilar, o‘quv jarayonlari, amaliy mashg‘ulotlar va kelgusidagi qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur hamkorlik ikki tomonlama tajriba almashinuvi, talabalar va o‘qituvchilar almashuvi, shuningdek, texnik ta’lim sohasida yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.